00:00:00

Loyiha haqida

Qo‘shiq va musiqa dunyoda muqaddas, ilohiy bir mo‘’jiza sanaladi. Minglab o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari shuni tasdiqlaydiki, musiqa insonning miya faoliyatini hamda ilm olish qobiliyatini yaxshilaydi.

Darhaqiqat, yaxshi qo‘shiq inson qalbining eng nozik torlarini chertib, dillarga orom baxsh etadi. Musiqa sehri esa inson his-tuyg‘ularini, orzu-istaklarini ifoda etadi va ulardagi go‘zallikka bo‘lgan tuyg‘ularning rivojlanishiga zamin yaratadi. Har holda, jon inson tanasiga kuy sehri yordamida joylangani haqidagi afsona bejiz to‘qilmagan.

Mazkur loyihaning maqsadi – o‘zbek mumtoz va zamonaviy musiqa san’atini, milliy estradamiz durdonalarini internet tarmog‘i orqali butun dunyoga keng targ‘ib qilish, jahon hamjamiyatida tobora nufuzi oshib borayotgan O’zbekistonimizning milliy madaniyatini jahonga tanitishga ko‘maklashishdan iboratdir.

Musiqiy fondimiz har doim yangilab boriladi. Shunday ekan, siz uchun qadrli bo‘lgan, yoshlikni, maktab onlari, birinchi muhabbatingizni yodga soluvchi, ota-ona va Vatanni madh etuvchi sevimli taronalardan bahramand bo‘ling!

Loyiha sinov tariqasida ishga tushirilgan bo‘lib, loyihani yanada rivojlantirish hamda bu borada hamkorlik qilish istagida bo‘lganlar o‘z takliflarini saytimiz orqali yo’llashlari mumkin.
Yaxshi kayfiyat va yaxshi musiqa hamroxingiz bo’lsin!

Tinglovchilar statistikasi

Taklif va mulohazalar

Ismingiznikiriting
E-mail manzilnikiriting
Telefonraqamingiznikiriting
Fayl biriktirilmagan
Xabarmatninikiriting

Qadrli do’stlar, saytimizga tashrif buyuruvchilar,
NAVO.ONLINE internet radiosini o’zingizga yanada qulay holda tinglash, radioni qo’shimcha inkoniyatlaridan foydalanish, ya’ni o’zingiz yoqtirgan san’atkor yoki izlayotgan qo’shiqlarni izlab topish va bepul buyurtma qilgan holda tinglashingiz uchun radioning Andrioid va iOS tizimlarida ishlaydigan maxsus mobil ilovalarini yuklab olish tavsiya etiladi. Sizlarning takliflaringiz asosida saytimiz va undagi musiqiy content doimo yangilab, boyitib boriladi.

NAVO.ONLINE

Tepaga ko‘tariling